Joriy yilning 25 sentyabr kuni Belarus Respublikasi Aloqa va axborotlashtirish vazirligi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida Yagona integrator UZINFOCOM rahbariyatining Belarus “Milliy elektron xizmatlar markazi” Respublika unitar korxonasi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, qo‘shma loyihalarni yaratish va rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish, xususan, elektron hukumat axborot tizimlarini joriy qilish, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish; davlat organlari axborot tizimlari integratsiyasi; davlat organlari axborot-kommunikatsiya xizmatlarini targ‘ib qilishda tajriba almashish; IT xizmatlarini boshqarishdagi biznes jarayonlarni ishlab chiqish sohasida ma’lumot va tajriba almashish kabi yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik masalarini muhokama qildilar.

Har ikkala tomon ham o‘z loyihalari taqdimotini o‘tkazdilar va belaruss va o‘zbek tashkilotlarining faoliyati va rivojlanish rejalaridagi o‘xshashliklarni, shuningdek kelgusidagi aloqalarni rivojlantirish muhimligini ta’kidladilar.
O‘z navbatida Yagona integrator UZINFOCOM bosh direktori v.b. E. Gimranov elektron davlat xizmatlarini taqdim etish va axborot industriyasi yo‘nalishlarida loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish va hamkorlarga yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini bildirdi.

Belarus “Milliy elektron xizmatlar markazi” tijorat direktori Natalya Kochina O‘zbekiston bilan axborot-texnologiyalari sohasidagi aloqalarni mustahkamlashga alohida qiziqish bildirib, tajriba almashishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
Uchrashuv yakunida Yagona integrator UZINFOCOM hamda Belarus “Milliy elektron xizmatlar markazi” o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishga imkon beruvchi memorandum imzolandi.
Yagona integrator UZINFOCOM PR xizmati
pr@uzinfocom.uz
© 2003-2026 Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator UZINFOCOM.