Davra.uz ijtimoiy tarmog’i yordamida foydalanuvchilar o’zlarining sinfdosh va kursdoshlari hamda do’stlar va hamkasblarini topishlari mumkin. Ijtimoiy tarmoqda turli qiziqishlar bo’yicha ochiq yoki yopiq turdagi guruhlar yaratish, shuningdek, qiziqtirgan yo’nalishda yoki tadbirkorlikni yuritish maqsadida sahifa yaratish imkoni mavjud. Ijtimoiy tarmoqning standart xizmatlaridan matn, rasm, videolarni yuklash, “like”lash, izohlash, messenjerda muloqot qilish kabi xizmatlar joriy qilingan. Shuningdek, tadbirlar tashkillashtirish va unga tanishlarni taklif qilish mumkin. Ijtimoiy tarmoqda fayl almashish xizmati mavjud bo’lib, u katta hajmga ega faylni tarmoqqa yuklagan holda, boshqa foydalanuvchilar bilan ma’lumotni ulashish imkonini yaratadi. Har bir foydalanuvchiga fayl almashish uchun ajratilgan xotira hajmi — 500 MB ni tashkil etadi.
© 2003-2026 Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator UZINFOCOM.