“Lang.uz!” - bu qiziqarli interaktiv tarzda xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha portal hisoblanadi.
Ushbu portal Tas-IX tarmog‘i hududidagi yagona resurs hisoblanadi. Endilikda tilni o‘rganish juda oson va qiziqarli! Materiallar murakkabligi bo‘yicha “Elementary”dan “Pre-Intermediate”gacha bo‘lgan tematik darslar ko‘rinishida taqdim qilingan. Har bir darsda yangi so‘zlar bilan tanishib chiqish, yangi so‘z va iboralarga biriktirilgan mashqlarni bajarish, dialogni tinglash, tegishli maydonlarni to‘ldirish, videoni ko‘rish va matnni yozish kerak.
Barcha darslarni bajarib bo‘lganingizdan so‘ng, Siz nafaqat to‘g‘ri yozish, balki gapirishni o‘rganib olasiz. Interfeys o‘zbek (kiril va lotin alifbosida) va rus tillarida. Yagona identifikatsiya tizimi ID.UZ orqali avtorizatsiyadan o‘tgan holda resursdan foydalanish mumkin.
© 2003-2026 Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator UZINFOCOM.