uTube.uz - bu ochiq ta’limiy video portal. uTube.uz portalida ko‘plab video ma’ruzalar va video darsliklar, turli yo‘nalishlar bo‘yicha seminar hamda intervyular to‘plangan. Biz ta’lim olishning yangi shakllarini (masofali, asinxron, uzluksiz) joriy qilinishini ta’minlaymiz.
Barcha materiallar on-line ko‘rish uchun mavjud. Shuningdek, portaldan materiallarni ko‘chirib olish imkoniyati mavjud. Ushbu portalga ma’lumotlarni qo‘shish imkoniyati ID.UZ tizimidan ro‘yxatdan o‘tgan barcha foydalanuvchilar uchun mavjud. Xizmat quyidagi formatdagi fayllarni qo'llab-quvvatlaydi: Avi, webm, mp4, mpeg, movie, mov, mv va mkv.
Yuklanadigan fayllarga qo‘yiladigan cheklov 2 000 Mb ni tashkil etadi, ya’ni ko‘rsatilgan o‘lchamdan kattaroq bo‘lgan fayllar server tomonidan qabul qilinmaydi va saytga joylashtirilmaydi. Foydalanuvchilar tomonidan yuklangan barcha fayllar server tomonidan 854px ga 480px o‘lchamdagi mp4 formatga o‘zgartiriladi.
© 2003-2026 Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator UZINFOCOM.