Xotira.uz

Ikkinchi jahon urushi faxriylari va ishtirokchilari xotirasiga bag‘ishlangan loyiha. Xotira.uz saytida urush maydonida jang qilgan vatandoshlarimiz fotosuratlari, ularning jasoratlari to‘g‘risidagi tarixiy ma’lumotlar hamda Xotira va qadrlash kuni bayrami to‘g‘risidagi yangiliklar o‘rin olgan.

Ilk marotaba bugungi kunda hayot bo‘lgan dahshatli urush ishtirokchilari va qahramonlari ismlari yagona resursda umumlashtirilgan bo‘lib, mazkur resurs har bir urush faxriysi, mukofot va jasoratlari to‘g‘risidagi ma’lumotlari bilan boyitilgan.

Shu bilan birga, Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari to‘g‘risida axborotga ega bo‘lgan Internet tarmog‘i foydalanuvchilari saytda keltirilgan “Jasorat haqida yozish” xizmati orqali sayt ma’muriyatiga ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki fotosuratlarni Xotira.uz saytiga joylashtirish uchun yuborishlari mumkin. Ushbu xizmat orqali foydalanuvchilar urushda qatnashgan qarindosh, mahalladosh yoki tanishlarning hikoyalari bilan bo‘lishishlari mumkin.

Saytga o'tish