UZINFOCOM Ma’lumotlar Markazi

 

UZINFOCOM Maʼlumotlar Markazi - axborot kommunikatsiya infratuzilmalarni joylashtirish uchun ishonchli texnik maydonchadir. Uning texnologik yechimlarni buyurtmachilarga xizmatlardan yuqori darajada foydalanishni, infratuzilma faoliyatini uzluksiz taʼminlashni, hamda energiya talab dastur va resurslari ehtiyojini qondirishni kafolatlaydi.

UZINFOCOM Maʼlumotlar Markazi barcha tizim va xizmatlar faoliyatini taʼminlovchi uzluksiz taʼminoti bilan jihozlangan. Shu bilan birga, Markaz serverlari va tarmoq moslamalarini qizib ketishida saqlovchi iqlim nazorati tizimiga ega.

Maʼlumotlar Markazidagi tarmoq, server va passiv moslamalari sifatida jahonning yetuk Cisco, HP, FS va TP-Ling kabi ishlab chiqaruvchilari mahsulotlaridan foydalaniladi.

Bugungi kunda UZINFOCOM Maʼlumotlar Markazida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot markaziOʻzbekiston Respublikasi Hukumat portaliTashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligiIchki ishlar vazirligiXorazmAndijonNavoiy viloyati hokimliklari kabi bir qator organlarining axborot resurslari joylashgan.

U quyidagi xizmatlarni koʻrsatadi:

  • Veb-xosting - Xizmatlar axborot xavfsizligini taʼminlashning barcha xalqaro standartlariga toʻliq mos ravishda koʻrsatiladi, shu bilan birga, axborot resurslariga egalariga oʻz resurslarini saqlash va maʼlumotlar bilan ishlashda maksimal qulaylikni taʼminlaydi. Tariflar
  • Co-location - Bu ikki xil turdagi server qurilmasini (Tower va Rack) Maʼlumotlar markazida joylashtirish, internetga ulash va uzluksiz elektr quvvati bilan taʼminlovchi xizmat turidir. Tariflar
  • VPS - veb-hosting xizmati va server oʻrtasidagi oʻzaro kelishuv xizmati. Yaʼni xizmat veb-hosting xizmatiga nisbatan ancha tezkor, ishonarli va qulay hamda co-locaton xizmatiga oʻxshash lekin virtual serverdir. Tariflar

UZINFOCOM Maʼlumotlar Markazi mijozlarga ishonchli aloqa kanallariga ega boʻlgan holda Internet resurslariga kirish tezligini taʼminlaydi va server uskunasi bilan uzluksiz ishlashni ham kafolatlaydi. UZINFOCOM Maʼlumotlar Markazi barcha tizim va servislar ishini taʼminlab uzluksiz quvvat manbalar bilan jihozlangan.


Mijozlar bilan ishlash boʻlimi ish vaqti:

Dushanba-Juma soat 9:00 dan 18:00 gacha

Tushlik soati 13:00 dan 14:00 gacha

Telefon: 202-2-202

24 soat uzluksiz texnik qoʻllab quvvatlash:

e-mail: support@uzinfocom.uz

Texnik boʻlimning ish vaqti:

Ish vaqti: Dushanba-Juma soat 9:00 dan 18:00 gacha

Shanba soat 10:00 dan 16:00 gacha

Tushlik soati 13:00 dan 14:00 gacha