Axborot xavfsizligi (AX) ekspertizasi tashkilotlarning kompyuter tizimlarini kamchilik va zaifliklarini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi hamda ularning ish samaradorligini baholash va tashkilotning axborot himoyasini tahlilini tashkil etish maqsadida quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
Tizimni samarali va toʻgʻri ishlashini baholash axborot xavfsizligi darajasini oshirish maqsadida tashkilotlarning tashabbuslari bilan meʼyoriy talablar mutaxassislari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Tashkilot oʻz faoliyati doirasida maxfiy maʼlumotlar bilan ishlasa (xodimlar yoki mijozlar maʼlumotlari) AX ekspertizasini oʻtkazish oʻta muhimdir. Bu turdagi maʼlumotlarni tashqi kirishlardan himoyalash shunchaki ehtiyotkorlik emas, balki tashkilotning asosiy majburiyatlaridan biridir.
Yagona integrator UZINFOCOM mutaxassislari tomonidan oʻtkaziladigan AX ekspertizasi maʼlumotlar muhimligi darajasi, maxfiy axborotlarni saqlash obyektlarining tahlili va ularni saqlash obyektlariga kirish yoʻllarini aniqlashni; korporativ muhitda yechilayotgan masalalarni tekshirishni; operatsion tizim, tarmoq xizmatlari protokollari va himoya tizimlari analizini oʻz ichiga oladi.
Oʻtkazilgan, tarmoq va tizim axborot xavfsizligini ekspertizasi asosida, Yagona integrator UZINFOCOM mutaxassislari, tashkilotning axborot resurslari himoyasini kerakli darajaga oshirish imkoniyatini beruvchi tavsiyalar beradilar.
AX ekspertizasi quyidagi bosqichlardan iborat:
Axborot xavfsizligi ekspertizasini oʻtkazishga shartnoma tuzish bilan bogʻliq savollar bilan Yagona integrator UZINFOCOMning quyidagi telefonlariga bogʻlangan holda javob olishingiz mumkin: 238-42-41, 238-42-42.
© 2003-2026 Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator UZINFOCOM.