Axborot tizimlarini ishlab chiqish

ERP tizimlarini qayta ishlash, tashkilotlardagi boshqaruv va biznes jarayonlarini avtomatlashtirish.

ERP tizimlari (Enterprise Resource Planning System) – bu kompaniya resurslarini boshqaruv tizimlaridir. Bu tizimlar kompaniyaning barcha boʻlinmalarini va uning zarur funksiyalarini yagona kompyuter tizimida birlashtirish uchun joriy etiladi. Bunda u kompaniyaning boʻlinmalari joriy ehtiyojlarini qondirishga xizmat koʻrsatadi.

ERP tizimi barcha boʻlinmalar va vazifalar boʻyicha yagona axborotlar bazasini yuritadi, shuning uchun axborotdan foydalanish osonlashadi va eng asosiysi boʻlinmalarda axborot almashish imkoniyati yaratiladi.

Tashkilotga ERP tizimini joriy etish maʼlumotlarning ishonchlilik darajasining yuqoriligini, zarur axborotni olishda tezkorlikni, barcha boʻlinmalarda bir xil maʼlumotdan foydalanish imkoniyatini taʼminlaydi. Shu bilan birga tizimda axborotni ruxsatsiz olish va chiqib ketmasligini taʼminlash ishonchli himoya darajasini qoʻllash orqali amalga oshiriladi. ERP tizimida barcha asosiy va yordamchi biznes-jarayonlar avtomatlashtiriladi, shu jumladan moliyaviy hisobot va distributsiya, ishlab chiqarish va logistika, kadrlar bilan ishlash hamda mijozlar bilan oʻzaro munosabatni boshqarish kabi jarayonlardir. Yaratilgan boshqaruv tizimi kompaniyaning daromad olish darajasini va uning bozordagi oʻrnini oshiradi.

ERP tizimi tashkilotga yoki tashkilotlar guruhiga quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

  • yagona axborot makonini yaratish;
  • faoliyatning asosiy koʻrsatkichlarini oshirish;
  • boshqaruv tizimini tizimlashtirish va takomillashtirish;
  • boshqaruv samaradorligini oshirish;
  • oʻz faoliyati toʻgʻrisida maʼlumotlarni olishda ishonchlilikni va tezkorlikni oshirish;
  • hisobotlarni oʻz vaqtida va sifatli olishni takomillashtirish;
  • kompaniyaning asosiy biznes-jarayonlarini samaradorligini oshirish.

Katta tashkiliy tuzilmaga ega tashkilot va idoralar uchun Yagona integrator UZINFOCOM tashkilotning koʻp sonli va tarqoq filiallarini yagona axborot muhitiga birlashtirish imkonini beruvchi axborot tizimini yaratishni taklif etadi.

Bizning Yagona integrator UZINFOCOM mutaxassislari MS SharePoint Portal Server platformasida jamoaviy axborot tizimlarini joriy etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirib kelmoqdalar. Loyiha oʻz ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:

  • Buyurtmachi-tashkilot talablarini oʻrganish va tahlil qilish;
  • Portalni loyihalashtirish va uning prototipini yaratish;
  • Dasturiy taʼminotni oʻrnatish va sozlash;
  • Joriy etish va oʻrgatish;
  • Texnik qoʻllab-quvvatlash.

Bunday axborot tizimlarini joriy etish natijasida, tashkilotda asosiy ish jarayonlaridagi samaradorlik ortib boradi.

Bugungi kunga kelib Yagona integrator UZINFOCOM tomonidan qator axborot tizimlari ishlab chiqilgan va joriy etilgan:

“Ctrl” Davomatni nazorat qilish axborot tizimini joriy etish orqali tashkilotingizdagi xodimlarning mehnat intizomi monitoringini yuritib borish va tashkilotingizga ruxsatsiz kirishlarni cheklash kabi keng koʻlamli imkoniyatlarni yaratishingiz mumkin. Mazkur tizim hozirda Yagona integrator UZINFOCOMda joriy etilgan boʻlib, boshqa tashkilotlarda ham joriy etish maqsadida sinovdan oʻtkazilgan.

MS SharePoint asosida jamoaviy portal – u tashkilotda yangi ish muhitini shakllantiradi, natijada axborotni tezkor qabul qilish va qayta ishlash, qoʻyilgan vazifalarni ijrosini nazoratga olish, hujjatlarni elektron koʻrinishda kelishish, toʻgʻri qarorni qabul qilish uchun kerakli hisobotlarni va tahliliy maʼlumotlarni olish imkoniyati yaratadi. Portal Yagona integrator UZINFOCOMda bir necha yil oldin joriy etilgan va uni boshqa tashkilotlarga ham oʻrnatish maqsadida sinovdan oʻtkazilgan.

“Aloqa“ Axborot tizimlari kompleksi – uning doirasida “Telefon aloqasi“, “Pochta aloqasi“ va “Aloqa va maʼlumot uzatish tarmoqlarini boshqarish“ tizimostilari yaratildi. Mazkur tizimlar yordamida telefon aloqasi, pochta aloqasi va aloqa tarmoqlari hamda maʼlumotlarni uzatish boʻyicha axborotlar jamlanadi va ularni foydalanuvchilarga faoliyat doirasida qoʻllash, shu jumladan, bu yoʻnalishlar boʻyicha asosiy koʻrsatkichlarni monitoring va tahlilini amalga oshirish imkoniyati yaratilgan. Hozirgi kunda Axborot tizimlari kompleksi “Oʻzbekiston pochtasi“ OAJning, “Oʻzbektelekom“ AK ва Oʻz TTBRMning barcha boʻlinmalarida joriy etilgan.

“Mahalla“ axborot tizimlari kompleksi – mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish muassasalari va ular faoliyatlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni jamlash, qayta ishlash, tizimlashtirish va saqlash uchun “Fuqarolar yigʻini“ axborot tizimi yaratildi.

EMMM axborot tizimi – EMMM markaziy apparati va filiallarida elektron hujjat aylanish tizimini joriy etish.

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot tizimini – axborot tizimining asosiy vazifalari boʻlib ish yuritish va hujjat aylanish jarayonlarini hamda oʻzaro aloqa shakllarini standartlashtirish va unifikatsiya qilish, takrorlanuvchi jarayonlarni bartaraf etish hisoblandi.

Davlat statistika qoʻmitasi axborot tizimiBu loyiha doirasida 5 ta tizim ishlab chiqilgan:

  • Asosiy ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlarning maʼlumotlar bazasini boshqarish boʻyicha maxsus dasturlar kompleksi (ONLINE – yechim);
  • Internet tarmogʻi orqali statistika hisobotlarini yigʻish tizimi (ONLINE – yechim);
  • Tashkilotlar va muassasalarining yagona davlat registrini boshqarish va firma nomlarini taqdim etish tizimi (ONLINE – yechim);
  • Elektron hujjat aylanish tizimi;
  • Rasmiy veb-sayt orqali statistik maʼlumotlarni taqdim etish boʻyicha interaktiv davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha tizim;
  • Axborot tizimlarini yaratish boʻyicha shartnoma tuzish yuzasidan quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin: 238-42-28.